TOGʻ-KON SANOATI VA GEOLOGIYA VAZIRLIGI
GEOLOGIYA FANLARI UNIVERSITETI
"MINERAL RESURSLAR INSTITUTI" DAVLAT MUASSASASI

BO‘LIMNING ASOSIY VAZIFALARI

Geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish va tog'-kon sanoatining resurs bazasini kengaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi hududining geologik tuzilishi va foydali qazilmalarning tarqalish qonuniyatlarini o'rganish.

Shunga muvofiq asosiy vazifalar quyidagilar:

Davlat geologik va ixtisoslashtirilgan yangi avlod xaritalarini (struktura-formatsion, tektonik va boshqalar) tuzish va nashrga tayyorlash;

Geologik, geodinamik, metallogen va strukturaviy tadqiqotlar o'tkazish;

Minerallanish uchun qulay geologik sharoitlarni ajratgan holda O‘zbekistonning burmali kamarlarining geodinamik rivojlanishi va ma’dan hosil bo‘lish modelini yaratish; noan'anaviy foydali qazilmalar kompleksini aniqlash, ularni tanlash mezonlarini ishlab chiqish;

Intruziv va vulqon tuzilmalarining metallogen ixtisoslashuvini va ularning oltin, mis va boshqa konlarini hosil qilishdagi rolini o'rganish;

Geologiya-qidiruv ishlari jarayonida uslubiy talablarning to‘liqligi va sifatli bajarilishini baholash va geologiya-qidiruv ishlarini ishlab chiqarishga zamonaviy ilmiy ishlanmalarni joriy etish ustidan nazoratni amalga oshirish.

BO‘LIMDA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY IZLANISHLAR

Oʻzbekiston Respublikasining yangilangan geologik xaritasini 1: 500 000 miqyosda yaratish milliy geologik merosning maʼlum potensial obyektlarini manitoring qilish

Oʻzbekiston Respublikasi xududida Tiyon-Shon orogenik kamarida Geodinamik rekonstruksiya asosida fundament togʻ jinslaridagi (mezozoygacha tuzulmalari) istiqbolli maydonlarni bashorat qilish uchun uslubiy tavfsiyalarni ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasining 1:500 000 miqyosdagi yangilangan geologik xaritasini yaratish, milliy geologik merosning maʼlum potensial obyektlari monitoringini olib borish.

Oʻzbekiston Respublikasi hududining tabiiy sharoitlarini oʻrganish va yer qaʼridan koʻp maqsadli oqilona foydalanish uchun 1:200 000 miqyosli GIS-formatdagi raqamli geologik xaritasini yaratish.

TADQIQOT NATIJALARI

Mobilistik g‘oyalar asosida O‘zbekiston Respublikasining 1:500 000 miqyosdagi yangilangan geologik xaritasi nashrga tayyorlandi;

Oltin va mis mineralizatsiyasi bo'yicha qidiruv ishlarini yo'lga qo'yish uchun istiqbolli hududlar aniqlandi;

Geologik meros obyektlariga YuNESKO talablariga muvofiq pasportlar tuzildi va monitoringi olib borildi.