BOʻLIMNING ASOSIY VAZIFALARI
Maʼdanli elementlarining toʻplanishiga va konlarni shakllanishiga taʼsir etuvchi jarayonlarning xarakterini aniqlash maqsadida abiotik va biotik voqiyliklarni oʻrganish negizida Gʻarbiy Oʻzbekistonning yer poʻstini geologik rivojlanish tarixini qayta tiklash;
Janubiy Tyon-Shon erta biosferasini evolyutsiyasi va ularning “qora slanesli yotqiziqlar” shakllanishidagi ishtirokini o’rganish;
Gʻarbiy Oʻzbekistonning tokembriy va quyi-oʻrta paleozoy yotqiziqlarini oʻrganish hamda kesimlarni genetik jihatdan tasniflash negizida ushbu yoshlardagi murakkab dislokatsiyaga uchragan yotqiziqlarning stratigrafik sxemasini ishlab chiqish;
qatlamli-burmalangan yotqiziqlarning va todevon yotqiziqlarining stratifikatsiyalash muammolari, hamda Gʻarbiy Oʻzbekiston togʻ-maʼdan rayonlaridagi maʼdan qamrovchi qatlamlar kesimlarining tuzilishini o’rganish;
Qizilqum-Nurota regionida asl metallarning joylashishining tektonik-strukturaviy va litologo-stratigrafik xususiyatlari o’rganish.

BOʻLIMDA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY TADQIQOTLAR
Oʼzbekiston Respublikasi hududining 1:200 000 masshtabidagi geologik xaritasi uchun rayonlar boʼyicha legendasini tuzish.
Bukantogʼ togʼining sharqiy qismidagi Qatirtos istiqbolli maydonida oltin va boshqa foydali qazilmalarning maʼdanlashuvini geologik-strukturaviy, mineralogik-petrografik va geokimyoviy oʼrganish.

TADQIQOTLARNING ILMIY NATIJALARI
"Paleo-Osiyo okeanining neoproterozoy va erta paleozoy tarixidagi global va mintaqaviy voqealar va ularning lito-biosfera evolyutsiyasi va ruda genezisiga ta'siri" monografiyasi nashr etdi;
Oʼzbekiston hududining 1: 200000 masshtabidagi geologik xaritasi uchun Shimoliy Ustyurt, Orol boʼyi, Sulton-Uvays, Pitnak, Bukantov, Tomditov, Kuljuktov, Buxoro, Nurota, Zirabuloq-Ziyovuddin, Dengizkoʼl, Nurota togʼ oldi rayonlarining legendalari tayyorlandi;
Kitob davlat geologiya qoʼriqxonasining sharqiy qismi va unga tutash hududlarning 1:10 000 masshtabdagi strukturaviy-formatsion xaritasi tuzildi.
